23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Ijtimoiy hayot
18 Iyul  2019 418

Viloyat hokimining sayyor qabulida eng ko‘p murojaat uy-joy masalasida bo‘ldi

Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan Marg‘ilon shahar 1-sonli davlat ixtisoslashgan umumta'lim maktabida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul hududlarda aholini qiynab kelayotgan va ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘layotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilib, unda Marg‘ilon, Farg‘ona va Quvasoy shaharlari, Farg‘ona, Quva tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda jami 122 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 86 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining 25 ta uy-joy bilan ta'minlash va ta'mirlash, 8 ta ishga joylashish, 4 ta bank krediti ajratishdagi muammolar, 7 ta moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarda murojaatlari ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan qabul natijalari bo‘yicha 15 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etildi, 8 nafar murojaatchilarga tushuntirish berildi, 63 ta murojaatlar bo‘yicha amaldagi qonunlarga ko‘ra o‘rganib chiqish uchun qabulda ishtirok etgan viloyat boshqarma, tashkilotlari rahbarlari hamda shahar, tuman hokimlariga topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech