26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,7 °C

Dolzarb
22 May  2020 285

Virus va jahon iqtisodiyoti. 22-may yangiliklari

AQSHda ishsizlik boʻyicha ariza beruvchilar soni 38 millionga yetdi, deb xabar beradi Fox Business.

Jahon miqyosida koronavirus aniqlangan bemorlar soni 5 milliondan ortdi, deb xabar beradi Johns Hopkins University axborot manbasi.

Xinhua axborot manbasining xabariga koʻra, Xitoy va JSST koronavirusga qarshi kurash maqsadida mablagʻ yigʻish uchun Xayriya dasturini ishga tushirgan. Dastur“JSST himoyasi — Xitoy aksiyasi ostida COVID-19 ga qarshi birdamlik va choralar jamgʻarmasi” deb nomlanadi.

Dubay savdo palatasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, 70% korxonalar yaqin 6 oy ichida faoliyatini tugatishi kutilmoqda deb xabar beradi CNBC axborot manbai.

TASS tarqatgan xabarga koʻra, Rossiyada koronavirus tufayli ikkinchi chorakda YAIMning eng keskin pasayishi kutilmoqda — yillik hisobda 9,5%.

Pandemiya davri noaniq boʻlgan sharoitda Xitoy YAIM boʻyicha yillik koʻrsatkichlarni belgilamaydi. Qashshoqlikni toʻla bartaraf etish rejasi qabul qilindi, deb xabar beradi AsianNikkei

Afgʻoniston sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, mamlakatning aksariyat hududlarida COVID-19 ga chalingan bemorlar uchun shifoxonalarda joy qolmagan, deb xabar beradi The Guardian.

Reutersning xabar berishicha, “Toyota” kompaniyasi daromadi 80 foizga pasayishi kutilmoqda. Avto ishlab chiqaruvchilar zarari qariyb 14 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech