21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Turizm
9 Avgust  2019 2108

Mazali, lekin tekinga emas: Toshkentda gastronomik turizm festivali ochildi

«Gastro Bazaar-2019» I Xalqaro gastronomiya festivali poytaxtning markaziy Zarafshon ko‘chasida o‘z ishini boshladi.

Muzaffar Abdullayev surati.

Xo‘sh, qanday boshladi? O‘zbekistonning turli hududlari va fast-fud tarmoq kompaniyalarining chodirlari o‘rnatildi – bunda fast-fudchilar har doimgidek birinchi bo‘lishdi. Farg‘ona, Xorazm, Samarqand va boshqa viloyatlarning oshpazlari qozonlarga endigina mahsulotlarni solishganda tarmoqchilar allaqachon gamburgerlar, sharbatlar va muzqaymoq sota boshladilar.

Birinchi kuni ertalabdanoq barcha harakatga tushib ketdi, asosiysi, mintaqadan tashrif buyurgan ishtirokchilarning aytishicha, ertaga va indinga manzarani to‘liq ko‘rish mumkin bo‘larkan.

Tashkilotchilar - Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va poytaxt hokimiyati - festivalning boshlanishini e’lon qildi. Jahon sayyohlik tashkiloti va gastronomik turizm bo‘yicha xorijiy assotsiatsiyalar vakillari jurnalistlarga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga gastronomik turizmning ulkan ta'siri haqida so‘zlab berishdi, xorijiy sayyohlarning birinchi guruhi allaqachon Sayilgoh ko‘chasida paydo bo‘ldi.

Chet elliklar gidlardan bu yerda hali o‘zlarini kutishmanini bilib, hayron qolishdi, ammo to‘g‘ri tushunishdi, negaki, barcha taomlar ham hali tayyor bo‘lib ulgurmagandi. Shunday bo‘lsa-da, ularning tadbirga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolmadi. Ular o‘zbek taomlari va poliz ne'matlari fonida suratga tushdilar. Darvoqe, farg‘onalik oshpazlarning oshi birinchi bo‘lib tayyor bo‘ldi, atrofga taralib ketgan hidi va ko‘rinishidan uning juda mazali chiqqani sezilib turardi.

Shu bilan birga tayyorlanayotgan palovning ishtahani qitiqlovchi hidi deyarli har bir mintaqa chodiridan taralib, milliy taomlarni sevuvchilar uchun haqiqiy bayram boshlanishidan dalolat berardi. Tashkilotchilar gastronomik lazzatlar bilan bir qatorda yana ko‘plab qiziqarli uchrashuvlar va musiqalarni va'da qilishmoqda. Masalan, 10-avgust kuni mamlakatimizda birinchi marta MICE-turizm va uchrashuvlar sanoati bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

Darvoqye, bundan sal oldin festivalga faqat vaucher (yozma guvohnoma)lar bo‘yicha kiritiladi, degan gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi. Davlat turizm qo‘mitasi buni rad etib, istagan kishi bu yerga kelishi mumkinligini ma'lum qildi. Va asabi mustahkamlarga yana bir yangilik... iste’mol qilingan barcha taomlar pulini to‘lash kerak bo‘ladi.

Sanjar Yoqubov.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech