30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Voqea-hodisalar
11 Dekabr  2019 829

Vladivostokdagi ommaviy YTH oqibatida jabrlanganlar soni 12 kishiga yetdi

Vladivostok chekkasidagi ommaviy avtohalokatdan zarar ko‘rganlar soni 12 kishiga yetdi, ularning ikkitasi shifoxonaga yotqizildi, deya xabar bergan Primore sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili RAA «Novosti»ga.

Ilgari yetti nafar kishining jarohatlangani haqidagi xabar berilgan edi.

Bugun ertalab Xabarovsk-Vladivostok - Novыy-De-Friz qishlog‘i trassasining 9-kilometrida yirik YTH sodir bo‘ldi va unda 48 mashina zarar ko‘rdi. Natijada yo‘lning Vladivostokka qarab ketiladigan tomoni vaqtincha to‘silib qoldi.

«Shifokorlar jami 48 kishini tekshirishdi. O‘n kishi yengil, urilgan, ko‘kargan, jarohatlar olgan. Ikki nafari shifoxonaga jo‘natilgan. Ulardan birining ahvoli o‘rta darajada, ikkinchisiniki esa, juda og‘ir», degan Primore sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech