13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Mamlakatimizda
22 Iyul  2020 693

Maxsus signalli avtotexnikaga yoʻl boʻshatilsa

2020-yil 21-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi (MJtK) kodeksning 17¹-moddasi oltinchi qism bilan toʻldirildi.

Unga koʻra, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl bergan haydovchilar tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etish maxsus texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning maʼmuriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish tugatiladi.

Shuningdek, MJtKning 128⁵-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, yuqoridagi transport vositalarining toʻsiqsiz oʻtib ketishiga xalaqit berish bir yil davomida takror sodir etilsa, 5 million 575 ming soʻm miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi (amalda 4 million 460 ming soʻm edi).

Bundan tashqari, MJtKning 47-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech