17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Dolzarb
28 Iyun  2019 845

Volgada 80 foiz bakrabaliq, 92 foiz oq bakra nobud bo‘lgani e’lon qilindi

Volga daryosining halokatli sayozlashuvi qator baliq turlarining to‘liq yo‘qolishiga olib keldi. Bu boradagi ma'lumotlar Bosh prokuratura yig‘ilishida e'lon qilindi.

Volganing sayozlanishi g‘ayritabiiy issiq bahor va uning suv omborlari darajasini noto‘g‘ri tartibga solish tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

«Volga daryosida o‘ta jiddiy vaziyat yuzaga kelgan. Baliqchilik ilmiy tashkilotlari hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni damga qadar 80 foiz rus bakrabalig‘ining, 40 foiz sevryuga, 92 foiz oq bakraning urug‘ sochadigan tabiiy joylari yo‘qotilgan. Baliqlarning ba'zi turlari, masalan Volga seldi, tabiiy urug‘ sochadigan joylari yo‘q bo‘lgani sabab butunlay yo‘qolgan», deydi Federal qonunchilik ijrosini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anatoliy Palamarchuk.

«Joriy yilning bahoridan boshlab Volga havzasidagi gidrologik vaziyatning amaldagi holati salbiy ssenariy tomonga o‘zgardi», deya oldinroq qayd etgandi Tabiiy resurslar vazirligi.

Natijada, mamlakatning asosiy suv arteriyalaridan biri g‘ayritabiiy darajada sayozlashdi. Suv o‘zining oldingi qirg‘oqlaridan 100 metrdan ko‘proqqa chekingan. May oyida suvni tejash rejimi joriy etildi, deya xabar beradi «Vesti. Ekonomika».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech