10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Ijtimoiy hayot
24 Sentyabr  2019 1150

Gazdan muammo bormi, marhamat ijtimoiy tarmoq orqali murojaaat qiling

“Hududgazta'minot” AJ hamda iste'molchilar o‘rtasida teng va samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida jamiyat tomonidan “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida “Gaz ta'minoti muammolari va ularni hal etish yo‘llari” guruhi tashkil etildi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.

17-sentyabr kuni tashkil etilgan guruhga bugungi kunga qadar 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati viloyat aholisi tomonidan kelib tushmoqda. Savollar asosan tabiiy gaz bosimining pastligi, olis hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish tartibi, gaz hisoblagichlarga texnik hizmat ko‘rsatish, hususiy turar joylarni gaz ta'minotiga ulanish va uzish hamda boshqa masalalar yuzasidan berilmoqda.

Ayni vaqtda guruh a'zolarining soni 600 kishidan oshdi. Aholi tomonidan bildirilayotgan norozilik, berilayotgan savol va mavjud kamchiliklarga tezkor javob berish va ularni hal etish maqsadida guruhga “Hududgazta'minot” AJ hamda aksiyadorlik jamiyatining joylardagi ijro etuvchi organlari mutaxassislari jalb etilgan.

Misol uchun, “Gaz ta'minoti muammolari va ularni hal etish yo‘llari” guruhi orqali “Hududgazta'minot” AJga Qarshi shahar “Pahtazor” kichik nohiyasida istiqomat qiluvchi fuqaro Alevtina Trofimova murojaat qildi. Fuqaro o‘zi istiqomat qilayotgan ko‘p qavatli uyga keluvchi gaz juda past bosimda ekanligidan shikoyat qildi. Murojaatdan so‘ng Qarshi shahridagi gaz ta'minoti tashkilot mutahassislari shikoyat kelib tushgan hududga yetib borib, tezkor ravishda muammoni hal etishdi. Yaqin kunlarda, mazkur ko‘p qavatli uy oldiga yangi gaz taqsimlash punkti (GRP) o‘rnatilib, 76 mm qalinlikdagi 180 metr quvur tortiladi.

Yana bir misol. Toshkent shahrining Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Rahmatila Muhammedov gaz ta'minotidagi mavjud muammo yuzasidan murojaat qildi. Unga ko‘ra, “Shifokorlar 1” mahallasi va 2 berk ko‘cha hududidagi gaz taqsimlash punkti texnik nosoz holatda bo‘lgan. “Hududgazta'minot” AJ mutahassislari mazkur murojaatga 10 daqiqa ichida javob berib, kun davomida texnik nosoz gaz taqsimlash punktini ta'mirlashdi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Gaz ta'minoti muammolari va ularni hal etish yo‘llari” guruhiga aholining barcha murojaatlari tezkorlik bilan o‘rganilib, hal etilmoqda. Hududlardagi gaz ta'minoti tashkilotlarining mutahassislari murojaat kelib tushishi bilan, joylarga aholi muammolarini yechish uchun chiqishmoqda. O‘zaro ishonchli aloqa asosida, aholining istaklari, gaz ta'minoti sohasidagi muammolarini tezkorlik bilan hal qilish, mijozlar bilan o‘zaro axborot va aloqalarni mustahkamlashga imkoniyat yaratadi. Mana bu havola orqali a'zo bo‘lish mumkin.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech