05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Kеyingi avlod
12 Fevral  2020 1232

O‘zbekistonda birinchi marta robototexnika bo‘yicha «RoboTech» respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi

IT Park huzuridagi IT markaz, «Revochain Technology» MChJ bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida, maktab o‘quvchilari orasida O‘zbekistonda birinchi robototexnika tanlovi – «RoboTech» o‘tkazilishini e’on qilishga tayyor.

Tanlovdan maqsad: robototexnika sohasida yoshlar o‘rtasida ijodiy faollikni rivojlantirish va muhandislik ixtisoslarini shakllantirish; ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida texnik modellashtirishni ommaviylashtirish; iste'dodli va iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni ijodiy faoliyatga jalb etish.

«RoboTech» uch bosqichdan iborat bo‘ladi: tuman va shahar tanlovi; viloyat tanlovi; respublika saralashi (final).

Matbuot markazida xabar berishlaricha, tuman, shahar va viloyat tanlovlari g‘oliblari Intro tanlovi doirasida aniqlanadi, unda har bir jamoa o‘z robotining imkoniyatlari, shuningdek, uning noyob texnik qobiliyatlarini namoyish qilishi kerak.

Intro tanlovga quyidagilar kiradi: loyiha haqida hikoya va robot va/yoki o‘yin holati (10 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan); hay'at a'zolarining savollariga javoblar (5 daqiqadan oshmasligi kerak); «X» maxsus vazifasi, unda qatnashuvchilar o‘zlarining robotlari uchun dastur yozishlari va robotda avval mavjud bo‘lmagan funksiyalarni bajara olishini ko‘rsatishlari kerak. Robot bajarishi kerak bo‘lgan vazifani hakamlar hay'ati belgilaydi.

2020-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan musobaqa finalida har bir mintaqadan eng yaxshi 14 jamoa uchta musobaqaning birida qatnashadi: «Robot sumo», «Line Follower», «Freestyle»:

«Robot sumo» - an’anaviy yaponiyalik sumoda bo‘lgani kabi, raqiblar ham jang qilishlari kerak va raqibini ringdan chiqarib yuborgan robot g‘olib bo‘ladi.

«Line Follower» - ushbu musobaqada robot oq fonda qora chiziq bo‘ylab yuradi. Belgilangan marraga birinchi bo‘lib yetib borgani g‘olib sanaladi.

«Freestyle» - ushbu toifada ishtirokchilar o‘z robotining texnologik afzalliklari va qulayliklarini namoyish etishlari kerak bo‘ladi.

Baholash mezonlari: ijodiy yondoshish; dolzarblik; ilmiylik; ijro sifati; murakkablik; qiziqarlilik; taqdimot sifati; jamoada ishlash, zukkolik.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadilar :

1-o‘rin - Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qish uchun shartnoma to‘lovi + noutbuk;

2-o‘rin - noutbuk + «LEGO mindstorm» jamlanmasi;

3-o‘rin - «LEGO mindstorm» jamlanmasi.

Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul va unda 8 dan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech