13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Mamlakatimizda
20 Noyabr  2019 619

Endi avtotransport vositalari va ulardagi fuqarolar Davlat chegarasida 30 daqiqadan ortiq qolmaydi

Hukumat qarori (18.11.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Nizomga muvofiq, Davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi asosida amalga oshiriladi.

Nizomda o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti aniq belgilandi.

Ya'ni, avtotransportning o‘tkazish punktida bo‘lish vaqti uning turi va o‘tkazish punktining texnik holatiga qarab quyidagi muddatdan ortiq bo‘lmasligi kerak:

- yengil avtotransport vositalari – 15 daqiqa;

- yuk avtotransport vositalari – 30 daqiqa.

Bunda, avtotransportning har bir davlat nazorati organlari tomonidan tegishli tartib-taomillardan o‘tkazilishi vaqti O‘zbekistonga kirishda quyidagicha belgilangan:

- sanitariya-karantin nazorati (haydovchi sanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 3 daqiqa;

- chegara nazorati (Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqni beruvchi hujjatlar mavjudligi va pasport tekshiriladi) – 4 daqiqa;

- bojxona nazorati (haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi) – 15 daqiqa;

- fitosanitariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar fitosanitariya nazorati ob'ekti bo‘lsa, fitosanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa;

- veterinariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar veterinariya nazorati ob'ekti bo‘lsa, veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa.

Nizomda, shuningdek, qaysi hollarda nazorat tartib-taomilidan o‘tish vaqti belgilangan me'yorlardan ortiq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Jumladan, o‘tkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganida nazoratdan o‘tish vaqti belgilangan muddatdan ortiq bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech