27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Mamlakatimizda
10 May  2019 978

«Colgate» «Galaxy»ga qarshi, hisob qanday bo‘ldi?

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xalqaro kompaniyaning intellektual huquqlarini himoya qildi.

«Pravda Vostoka»ning yaqinda chiqqan sonlaridan biridagi «Taniqli brendlar bilan niqoblangan soxta mahsulotlar keltiradigan ziyon» nomli maqolada ichki bozorlarimizda ayrim biznesmenlar tomonidan xorijiy tovar belgilari va qadoqlari o‘zlashtirilayotgani haqida so‘z borgan edi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Amerikaning «Colgate-Palmolive Company» kompaniyasiga tegishli taniqli brend hisoblangan tish pastasi qutisining tashqi ko‘rinishini takrorlovchi o‘z «Galaxy» mahsulotini chiqarayotgan «Torimed Pharm» MChJ tomonidan intellektual mulk huquqlari buzilayotgani to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqdi.

«Torimed Pharm» MChJ ham tish pastasi ishlab chiqaradi va korxona 2016-yili «Galaxy, Galaksi, Галакси » so‘zlari asosidagi tovar belgilariga guvohnoma olgan. Biroq savdo hajmini oshirish maqsadida «Colgate-Palmolive Company» tomonidan ishlab chiqarilgan shu kabi mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, shuningdek, tyubigi va qadoqlanishi, boshqa unsurlaridan deyarli nusxa ko‘chirgan. «...Bu ushbu tish pastasida ishlab chiqaruvchilarga nisbatan iste'molchilarda yanglish fikr uyg‘otishiga sabab bo‘ladi», deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabarida.

O‘zbekiston qonunchiligida nafaqat tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgini qo‘llash, balki iste'molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi sub'ekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish taqiqlanadi.

Ushbu insofsiz raqobatga olib keladigan qoidabuzarlik tasdig‘ini topganligi sababli Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni 13-moddasini buzilgan deb e'tirof etildi va «Torimed Pharm» MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, «Torimed Pharm» MChJga «Colgate-Palmolive Company» kompaniyasining mahsulotlarini mahsulot aylanmasidan olib tashlash va qadoqlanishi va reklama qilishiga o‘xshab ketadigan mahsulotlarni sotishni to‘xtatish va ularni omborlarda yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq berildi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech