11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31 °C

Dolzarb
18 Fevral  2020 1683

«Diamond Princess» laynerida COVID-19 tarqalgan

Yaponiyada «Diamond Princess» laynerida yana 88 kishi COVD-19 koronavirusi virusi bilan kasallangan. Yangi kasallangan shaxslar zudlik bilan mahalliy shifoxonalarga joylashtiriladi.

 

Kasallik yuqtirganlarning fuqaroligi haqida hali ma’lumotlar yo‘q.

NHK telekompaniyasining Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va obodonlashtirish vazirligi axborotlariga tayangan holdagi ma’lumotiga ko‘ra, kemadagi kasallanganlarning soni 542 nafarni tashkil etadi.

«Diamond Princess» kemasi hozir Yaponiyaning port shahri — Yokogamada karantinda. Uning bortida ekipaj a'zolari bilan birga  hisoblaganda 3,2 ming kishi bor.

Mahalliy hokimiyat kasalanmagan yo‘lovchilarga 19 fevraldan qirg‘oqqa tushishga ruxsat bermoqchi. Yaponiya sog‘liqni saqlash idorasi rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, 21 fevralga qadar barcha sayyohlar va ekipaj a’zolari kemani tark etishlari kerak.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech