15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Ta'lim
13 Iyul  2020 616

Akademik litseylarga kirish imtihonlari nomaʼlum muddatga qoldirildi

Xalq taʼlimi vazirligi akademik litseylarga 10-iyuldan 25-iyulgacha oʻtkazilishi lozim boʻlgan kirish imtihonlarini nomaʼlum muddatga qoldirilganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yilda qabul qilingan “Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomga muvofiq akademik litseylarda saralash imtihonlari har yili 10-iyuldan 25-iyulga qadar oʻtkazilishi belgilangan.

Ammo Respublika maxsus komissiya tomonidan karantin talablarining kuchaytirilishi munosabati bilan akademik litseylarda saralash imtihonlari nomaʼlum muddatlarga qoldirilganligi haqida qaror qabul qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech