15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Dolzarb
26 Avgust  2019 603

Abxaziyada saylovlar bo‘lib o‘tdi, deya tan olindi

Siyosiy tadbirda saylovchilarning 56 foizdan ortig‘i ishtirok etgan.

Davlat rahbari saylovining dastlabki natijalari haqida GAA «Apsnipress» Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga asoslanib shunday xabar beradi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Tamaz Gogiyaning aytishicha, ovoz berish jarayoni haqidagi ma'lumotlar saylov okruglaridan kelishda davom etmoqda.

Mamlakatni boshqarish huquqi uchun jami to‘qqiz nafar nomzod, jumladan, amaldagi prezident Raul Xajimba ham kurashmoqda. Ekspertlar sobiq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Arshbu, Xavfsizlik kengashi sobiq kotibi Astamur Tarbu va «Amsaxara» partiyasi raisi Alxas Kvitsiniyani uning asosiy raqobatchilari, deb hisoblamoqda.

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili Abxaziyadagi saylovlarni noqonuniy deb atadi, deya xabar beradi RBK.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech