27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Salomatlik
17 May  2020 420

Yana 32 bemor sogʻaydi

 Bugun Buxoro va Andijonda 8 nafar Toshkentda 24 nafar bemor tuzalib, sogʻayganlar soni 2 245 nafarga yetdi.

 

Bugun Buxoro viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoroda sogʻayganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Buxoroda shu paytga qadar 440 nafar bemor sogʻaygan.

Ayni paytda shifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegishli standartlar boʻyicha davo choralarini koʻrishmoqda.

Andijonda sogʻaygan 42 yoshli erkak uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisidir.

Andijonda shu paytga qadar 163 nafar bemor sogʻaygan.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 13 nafari erkak, 11 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 57 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 733 nafar bemor sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 245 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech