19 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,1 °C

Salomatlik
26 Aprel  2020 8008

Buxoro va Toshkent peshqadam

Bugunning o‘zida Toshkent shahridan 6 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, Buxoro viloyatidan bir yo‘la 50 nafar bemor sog‘aydi.

Buxoroda shifo topgan bemorlarning 23 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan, 27 nafari esa viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 44 nafari Rossiyadan, 6 nafari esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 43 nafari erkak, 7 nafari ayol. Bemorlarning 9 nafari Samarqand viloyatidan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 nafardan, 5 nafari Andijon viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 4 nafardan, 3 nafar Toshkent shahridan bo‘lsa, Xorazm, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshli qizaloq.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 260 nafar bemor sog‘ayib chiqdi. 

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 5 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent shahridan bo‘lsa, qolgan 3 nafari esa Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatidan. Ulardan 2 nafari Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reys orqali kelishgan. Qolgan 3 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda. Ushbu klinikada shu paytga qadar 75 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘aygan 42 yoshli erkak kishi Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Mazkur klinikada shu paytga qadar 49 nafar bemor sog‘aygan.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 763 nafarga yetdi, beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech