05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Salomatlik
14 May  2020 833

Bugun yana 60 nafar bemor sogʻaydi

Bugun Toshkentda 33 nafar, Samarqandda 26 nafar tuzalib chiqdi. Shunday qilib, bugun jami 60 nafar bemor tuzalib chiqdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 21 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng keksasi 56 yosh boʻlsa, eng kichigi 13 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 15 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 boʻlsa, eng yoshi kichigi 2019-yil tugʻilgan chaqaloq.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 668 nafar bemor sogʻaygan.

Samarqandda tuzalganlarning 8 nafari erkak, 18 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sogʻaygan.

Shunday qilib, yurtimizda bugun kunning birinchi yarmida jami 60 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2136 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech