19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Dolzarb
28 Dekabr  2018 1519

Ikki oy shafqatsiz tabiat bilan yuzma-yuz

Amerikalik sportchi va sayohatchi Kolin O’Bredi tarixda birinchi bor Antarktidani yolg‘iz o‘zi kesib o‘ta oldi, deya xabar tarqatadi xorijiy OAV (rtvi.com). Bu haqda «ultramarafon» haqida kundalik tutgan tadqiqotchining o‘zi «Instagram»da ham xabar qoldirgan.

O’Bredi qit’a bo‘ylab chang‘ilarda harakatlangan va ikki oy ichida 1480 kilometr masofani bosib o‘tgan. Butun yo‘l davomida u buyumlaru oziq-ovqat ortilgan 170 kilogrammlik chanani tortib bordi. Sportchi kuniga o‘rtacha 30 kilometr masofani bosib o‘tgan.

So‘nggi 124 kilometrlik masofani sayohatchi to‘xtamay, 32 soat ichida bosib o‘tdi. «New York Times» gazetasiga telefon orqali bergan intervyusida O’Bredi o‘zida qandaydir ichki kuch topib, hatto, musiqa ham eshitmay, finishga qadar 32 soat to‘xtamay harakat qilganini aytgan.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech