15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,9 °C

Kеyingi avlod
18 Noyabr  2019 594

Xalq ta'limi vazirligi yangi milliy ta'lim standartlarini ishlab chiqmoqda

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi yangi milliy ta'lim standartlarini ishlab chiqmoqda, deb xabar qiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Milliy ta'lim standartlari asosida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, o‘qitish uslublari hamda baholash tizimi yaratiladi. Mazkur jarayonga mahalliy va xorijlik ekspertlar jalb etilgan.

Umumiy o‘rta ta'lim standartlari loyihalari yil yakuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar har bir fan va sinf uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda 2020-yil o‘quv materiallarini tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

Yangi standartlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari maktablarda 2021-2022-yillarda aprobatsiyadan o‘tadi va kelasi besh yilda bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech