13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Mamlakatimizda
9 Noyabr  2019 320

Xalqaro reytingga kirish: kimda imkoniyat qanday?

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Elsevier (Niderlandi) kompaniyasi va QS reyting agentligining yetakchi ekspertlari  tomonidan OTMlar rektorlari uchun xalqaro reytinglarga kirish va ilmiy jurnallarning faoliyatini xalqaro darajaga ko‘tarish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

 

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan seminarda Aliya Ospanova va Zoya Zaytseva respublikadagi barcha OTMlarning hozirgi holatini tahlil qilishdi va 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan xalqaro reytingda muvaffaqiyatli ishtirok etish yuzasidan zarur tavsiyalarni berdilar.

Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova yurtimizdagi universitetlar ilmiy jurnallari holatini tanqidiy tahlil qildi hamda va ularni yaxshilash bo‘yicha aniq takliflarni berdi.

Ma'lumot uchun, 2018-yil 23-martda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolangan hamda OTMlarni xalqaro reytingga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Ilm-fan-2020” milliy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech