05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Ijtimoiy hayot
28 Mart  2020 1251

Xalqparvar saxovatpeshalar

Bir guruh namanganlik saxovatpesha insonlar ibratli ish boshlab yubordi.

27-mart kuni shunday saxovatpeshalar koʻmagi bilan Namangan shahridagi kam taʼminlangan, yakka-yolgʻiz, boquvchisini yoʻqotgan 75 xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot niqoblari hamda antiseptik vositalari yetkazildi. Bu kabi ibratli ishlar koʻplab yurtdoshlarimiz tomonidan olib borilayotgani ahamiyatlidir.

Buning mantiqiy davomi sifatida 28-mart kuni Namangan shahar hokimligi navbatdagi tashabbusni oʻz qoʻliga oldi. Hokimlik vakillari ishtirokida “Avto karvon” tashkil etilib,unda karantinga olingan bemorlar salomatligi uchun kun-u tun xizmat qilayotgan 60 dan ziyod shifokor va hamshiralar uylaridan xabar olindi. Uyushtirilgan “Avto karvon”da belgilangan manzillarga yetti turdagi ozuqa mahsulotlari, niqob va qoʻlqoplar salomatligimiz fidoiylari xonadonlariga tortiq etildi.

Ulug‘bek Ro‘zimatov.
Namangan viloyati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech