27 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,3 °C

Ijtimoiy hayot
22 Yanvar  2020 980

Xatolik sabab ko‘p hisoblayotgan hisoblagich muammosi hal etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Сотрудники РЭС неправильно установили новый электросчетчик. В результате он накрутил в три раза больше энергии” sarlavhali xabar tarqaldi.

Xabarda iste’molchi xonadonidagi yangi o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga ulangan hisoblagich haddan ziyod ko‘p KVt hisoblyotgani ma’lum qilingan.
Mazkur xabar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o‘rganishlar olib borildi. Ma'lum bo‘lishicha, yuqorida qayd etilgan vaziyat Chilonzor tumani, S massivida istiqomat qiluvchi S. Amirxonova bilan sodir bo‘lgan.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, hisoblagich joylashgan shitda xonadonlar raqami xatolik bilan qayd etilgani sababli zamonaviy hisoblagichni o‘rnatish jarayonida elektr ta’minlash liniyasi qo‘shni xonadonga adashib ulab qo‘yilgan. Oqibatda yuqorida qayd etilgan holat kelib chiqqan. Chilonzor tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan ushbu vaziyat tez fursatda bartaraf etilib, xonadon egasiga elektr energiyasi hisobi belgilangan tartibda qayta hisoblab berildi.

Ma’lumot o‘rnida Prezidentimizning 2018-yil 23-oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021-yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste’molchining barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, etkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech