28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Ijtimoiy hayot
1 Aprel  2020 425

Xayriya ishlarida tadbirkorlar ham faol

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida boshlangan xayriya tadbirida 8 nafar tadbirkorlarning xizmati katta.

Ular tomonidan tuman markazidan olis qishloqlarda yashovchi fuqarolarga arzonlashtirilgan dorilar, tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar, ozuqa mahsulotlaridan iborat ijtimoiy ko‘chma do‘konlar orqali yetkazildi.

Sahiy tadbirkorlar faoliyati rivoji uchun 700 million so‘mlik kredit ajratilishi ta’minlandi.

Davlat va jamoat tashkilotlari ko‘magida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirda to‘raqo‘rg‘onlik muhtoj oilalarga 100 qop un va iste'mol mahsulotlari, shuningdek 1 ta xo‘kiz, 30 ta qo‘y so‘yilib tarqatildi.

Bu vaziyatda Mingbuloq tumani rahbariyati ham chetda turmay 31-mart kunining o‘zida 166 ta xonadonga suyultirilgan gaz balonlari yetkazdi. Yolg‘iz, kam ta'minlangan 146 oilalarga oziq-ovqat, tibbiy hamda shaxsiy-gigienik vositalar tuhfa etildi.

Namangan viloyati prokuraturasining ko‘magi bilan to‘raqo‘rg‘onlik 24 000 fuqaroga ijtimoiy nafaqalar to‘landi. Xuddi shunday ijtimoiy yordam mingbuloqliklarning 560 nafariga 250 milliondan ziyod moddiy yordam pullari berildi. 

Ulug‘bek Ro‘zimatov,
Namangan viloyati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech