02 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Ijtimoiy hayot
3 May  2020 7021

Xayriya tadbiri tashkil etildi

Sardoba suv omboridagi toshqindan jabr ko‘rganlar uchun Adliya vazirligi tomonidan «Salom, Sardoba, biz birgamiz!» xayriya aksiyasiga start berildi.

Insonparvarlik yordami ortilgan birinchi yuk mashinalari Sirdaryoga yetkazildi.

Mazkur aksiyani «Yuksalish» umummilliy harakati bilan birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Aksiya doirasida «Yuksalish»ning maxsus hisob raqami ochilib, yig‘ilgan mablag‘lardan ust-kiyimlar, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur buyumlar sotib olinadi.

Shuningdek, har qanday ko‘rinishdagi insonparvarlik yordamlari ham qabul qilinib, ofatdan jabr ko‘rganlarga yetkaziladi.

Aksiya davomida adliya organlari mutaxassislari jalb qilingan holda bepul huquqiy maslahatlar berish va davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Hozirda bir qator tashkilotlar, xususan, Konrad Adenauer fondi, Shodiev xalqaro fondi, Ezgu maqsad jamoat fondi, OU7 fondi, O‘zbekiston – Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati, sport federatsiyalari va boshqa tashkilotlar hamda faol fuqarolar tashabbus ko‘rsatib, aksiyaga qo‘shilganliklari quvonarlidir.

Kutilmagan ofatdan jon saqlash uchun uylarini tashlab chiqqan vatandoshlarimiz uchun tezkorlik bilan ko‘rsatiladigan har qanday yordam katta ahamiyatga ega.

Biz ofatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun saxovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shu sababli, o‘z hissasini qo‘shishni istagan barcha «Salom, Sardoba, biz birgamiz!» aksiyasiga qo‘shilishi va ushbu murakkab davrda yelkama-yelka turib, sirdaryoliklarga dalda bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech