20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Bilasizmi?
31 Iyul  2019 370

Xazinaga ega qadimgi suv osti ibodatxonasi topildi

Suvosti arxeologlari qadimda g‘arq bo‘lgan Geraklion shahrida tadqiqotlar olib borayotib, ibodatxona xarobalari, shuningdek, tilla taqinchoqlar, kulolchilik buyumlari, tangalar va marosim qayig‘ining bir bo‘lagi va ko‘plab boshqa ashyolarga duch kelishdi, deya xabar beradi «Live Science» nashri.

Tadqiqotchilar skaner yordamida katta ibodatxonaning tosh ustunlarini, shuningdek, dengiz tubida bir metr chuqurlikka ko‘milib ketgan kichik yunonlar ibodatxonasi xarobalarini topdilar. Qayiqning bir qismi ilgari topilgan va undan muqaddas marosimlarda foydalanilgan 13 metr uzunlikdagi kemaning yetishmayotgan bo‘lagi bo‘lib chiqdi.

Kemadan Misr shohi Ptolemey II (miloddan avvalgi 283-246 yillar) hukmronligi davrlariga to‘g‘ri keladigan bronza va tilla tangalardan iborat xazina ham topilgan. Sopol idishlar va boshqa buyumlar III-IV asrlarga taalluqli.

Arxeologlar shuningdek, Geraklion kabi Nil deltasining g‘arbiy qismida joylashgan qadimiy Kanopus shahrini ham o‘rganishdi. U yerdan binolar majmuasi topildi, natijada g‘arq bo‘lgan shahar uzunligi janubga tomon yana bir kilometrga oshdi. Tadqiqotchilar bandargohni Ptolemey va Vizantiya davriga tegishli tangalar va taqinchoqlarni ham topgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech