27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

investitsiyalar
1 May  2020 454

«Xazorasp» EIZ invetsorlar nigohida

Turkiyalik biznesmenlar «Xazorasp» EIZ da investitsion loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdilar.

Joriy yil 30-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan videokonferensiya tashkil etildi. Unda mamlakatimizning diplomatik missiyasi rahbari, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi vakili, «Baktat Gıda San. Tic. Ltd. Şti» va «Demeter Sera Ticaret ve Sanayi A.Ş.» turk kompaniyalari boshqaruvi raislari, «Xazorasp» EIZ direktori va Xorazm viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etdi.

Tadbir chog‘ida turkiyalik ishtirokchilarga mamlakatimizda investitsiya sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, shu jumladan, ularning «Xazorasp» EIZda biznes yuritishlari uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Turkiya kompaniyalari rahbarlari Xazorasp tumanida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlash korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagini bildirishdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Turkiyada pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganidan so‘ng turkiyalik biznesmenlarning Xorazm viloyatida investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun mamlakatimizga tashrifini tashkil etishga kelishildi, deb xabar beradi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech