27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
14 May  2020 399

Xitoy OAV yurtimiz hayoti haqida

 Xitoy nashrlarida Oʻzbekiston haqida turkum maqolalar chop etilmoqda.

 

Xitoyda rus tilida chop etiladigan “Kitay” jurnalining internet tarmogʻidagi www.kitaichina.com veb-sahifasida Oʻzbekistonda aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, mamlakatda energiyatejamkor uy-joy qurilishini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida biryoʻla ikkita maqola nashr qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Materiallarda mamlakatimiz hukumati tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etilgan.

Xususan, Oʻzbekistonda tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferensiyalar berilgani, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga ish haqi, shuningdek, pensiya, stipendiya va nafaqalarning uzluksiz toʻlab berilayotgani qayd etiladi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash davrida asosiy daromad manbalarini yoʻqotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutuvchi farmonga imzo chekdi”, deb yozadi muallif.

Veb-sahifada joylashtirilgan navbatdagi “Oʻzbekiston energiyatejamkor uy-joy qurilishini rivojlantirish boʻyicha faol qadamlarni tashlamoqda” sarlavhali maqolada Oʻzbekistonda energetik samarador uy-joylar qurish borasidagi saʼy-harakatlar haqida yozilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech