22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Voqea-hodisalar
28 Oktyabr  2019 476

Xitoy terrorizmga qarshi hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi

Xitoy izchil tarzda terrorizmning har qanday shakliga qarshi kurashadi va bu borada xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlikni kuchaytirish lozim, deya bayonot berdi dushanba kungi brifingda XXR TIVning rasmiy vakili Gen Shuan.

Undan «Islomiy davlat» terroristik guruhi rahbarining yo‘q qilinishi haqidagi xabarni sharhlab berish so‘ralgandi.

«Biz vaziyatni juda diqqat bilan kuzatib boramiz, terrorizm barcha mamlakatlarning dushmani bo‘lib qolmoqda va boshqa davlatlar kabi Xitoy ham terrorizmdan aziyat chekmoqda. Xitoy terrorizmning barcha shakllariga qarshi chiqmoqda va butun dunyo bo‘ylab terrorizmga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda», deydi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy barcha mamlakatlar terrorizmga qarshi umumiy kurashda hamkorlikni mustahkamlashi kerak, deb hisoblaydi, uni keltirib chiqaradigan sabablar va har qanday ko‘rinishlari bilan kurashish lozim.

Undan sal oldin, ya'ni yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinganini tasdiqlagandi. Uning aytishicha, shanba kuni AQSh harbiylari o‘tkazgan operatsiya chog‘ida u o‘lim kamarini portlatib yuborgan. Al-Bag‘dodiyni «tez va aniq tanib olish»ga muvaffaq bo‘lingan. Shuningdek, Tramp terroristni yo‘q qilishda yordam ko‘rsatgani uchun Rossiya, Turkiya, Suriya va Iroq davlatlariga minnatdorlik bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech