03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Xalqaro hamkorlik
10 Aprel  2020 418

Xitoy yaqindan yordam bermoqda

Xitoy elchixonasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tibbiyot buyumlarni taqdim qildi.

Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga SOVID-19 bilan kurashish uchun insonparvarik yordamini yubordi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Shunday qiyin vaziyatda O‘zbekiston boshqa davlatlar xalqlari uchun insonparvarlik yordami sifatida turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan mahsulotlarni muntazam yetkazib bermoqda. Bu esa turli xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikdan dalolat. Shuningdek, keng tarqalayotgan mazkur infeksiyaga qarshi kurashishda turli davlatlardan O‘zbekistonga ham insonparvarlik yordami ko‘rsatilmoqda.

Vazirlik Xitoy elchixonasi minnatdorlik bildirib, ming dona himoya ko‘zoynaklari, bir martalik himoya kiyimlari, o‘ttiz ming dona tibbiyot niqobi shaklidagi yordam yukini aholiga tarqatish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech