20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Bilasizmi?
31 Iyul  2019 380

Xitoyda tirannozavr izi topildi

Olimlar birinchi marta Xitoy hududidan tirannozavrning tosh qotgan izini topdilar, deya xabar beradi RATA-TASS.

Mamlakatning sharqiy Szyansi provinsiyasida Xitoy va AQSh paleontologlari ushbu topilmaga duch kelishdi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, izning uzunligi 58 sm va kengligi 47 sm. Uni Ganchjou shahrida yo‘l qurilishi paytida topishdi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu Xitoyda topilgan dinozavr izlarining eng kattasi ekan.

Taxminlarga ko‘ra, topilma bundan 100,5 million yil muqaddam boshlangan Kech bo‘r davriga taalluqli.

Bundan sal ilgari Fransiyaning g‘arbiy qismida to‘rt tonna tosh bosadigan dinozavr suyagi topilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech