20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Bilasizmi?
8 May  2019 1267

Xitoylik olimlar hazil tuyg‘usiga ega sun’iy aqlni yaratishga kirishdi

Dasturchi mutaxassis Xi Xi deb nomlangan g‘ayrioddiy izlanishlar bilan shug‘ullanadi. U barcha tadqiqot ishlarini Stenford universitetida amalga oshirmoqda.

Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun tadqiqotchi ayol ko‘plab hazillar nazariyalarini o‘z ichiga olgan eng murakkab algoritmdan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Asosiy vazifa – robotni improvizatsiya qilish va kinoya, pichinglarga o‘rgatishdir, deya xabar beradi Wired.

Xi Xi ilmiy ishiga kirishish g‘oyasi hazil tariqasida kompyuterga bir nechta omonimlar yuklaganidan keyin kelgan. Buning uchun mashinada kulgili jumlalarni yaratish, ulardagi tushunchalarni o‘zgartirib yuborish talab qilindi. Har safar neyron tarmog‘iga bir nechtadan yangi so‘zlar qo‘shib borilaverdi.

O‘shanda tajriba muvaffaqiyatli deb tan olinmagandi, ammo bu hazil olimlarini jiddiy tadqiqotga kirishishlariga yaxshigina turtki berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech