06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,9 °C

Sanoat
2 Iyul  2020 421

Xitoyliklar Nukusda qogʻoz ishlab chiqaradi

Nukusda Xitoy sarmoyasi asosida qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona ish boshladi.

Nukusda xitoylik tadbirkorlar koʻmagida qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi korxona ish boshladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi, “Qinhuangdao Julin Import & Export Co., Ltd” (XXR) kompaniyasi va “Central Asia International Paper” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida olib borilgan izchil saʼy-harakatlar amaliy natijasi boʻldi.

Qayd etish joiz, toʻgʻridan-toʻgʻri xorij sarmoyasi va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqariladigan shaxsiy gigiyena mahsulotlari hozirgi paytda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir hisoblanadi.

Xitoylik sheriklar 2020-yil yakuniga qadar ishlab chiqarish hajmini 15-20 tonnagacha yetkazishni rejalashtirgan. Xususan, umumiy hajmda 10 million AQSH dollari yoʻnaltirilgan holda qoʻshimcha ravishda bosma, ofset va karton qogʻozlar ishlab chiqarish moʻljallangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech