19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Harbiy
8 Oktyabr  2019 511

Xitoyning Konfutsiy instituti o‘qituvchilari Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan harbiy ta'lim tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarni zamonaviy metodika va ta'lim standartlari bilan tanishtirish bo‘yicha qator mahorat darslari va mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Bu esa akademiya professor-o‘qituvchilari, tinglovchi va kursantlarning bilim saviyasi va dunyoqarashining yanada o‘sishi, bugungi globallashuv davrida ularning zamonaviy qarashlarini to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qiladi.

Akademiyada shu kunga qadar ko‘plab xalqaro tillar o‘qitilib kelinar edi. Endilikda bu tillar ro‘yxatiga xitoy tili ham qo‘shiladigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan Xitoy xalq respublikasining yurtimizdagi elchixonasi vakillari va Konfutsiy instituti o‘qituvchilari akademiyaga tashrif buyurdi. Ular ishtirokida ochilajak o‘quv kursining tartib-taomili, davriyligi va ahamiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan yaqindan tanishdi va yurtimizning oliy harbiy ta'lim tizimiga munosib baho berishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech