17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Moliya
22 Iyul  2019 578

“O‘zsanoatqurilishbank” bosh ofisida XMK konsultantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirishga oid qarori bilan ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklarida faoliyat samaradorligini oshirish, ilg‘or tajriba va xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi barqaror va raqobatbardosh moliya tashkilotiga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Ta'kidlanishicha, “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan mazkur vazifalarni to‘laqonli hayotga tatbiq etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi ikki yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikda bankni ilg‘or bank amaliyoti va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatbardosh muassasaga transformatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘tgan davrda XMK konsultantlari ishtirokida bankda diagnostika ishlari – moliya muassasasidagi joriy holat barcha yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur tahlil qilindi. Tahlil natijalaridan kelib chiqib bankni zamonaviy talablar asosida isloh etishga qaratilgan bankning yangi biznes modeli ishlab chiqildi.

Bugungi kunga kelib loyihaning 3-bosqichi, ya'ni xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan zamonaviy biznes modelini amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

Bunda biznes jarayonlarni optimallashtirish bankning mijozlari uchun eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuni e'tiborga olgan holda XMK konsultantlari bilan hamkorlikda xalqaro talablarga mos sotuv va xizmat ko‘rsatish tizimlari amalga tatbiq etilmoqda.

Transformatsiya jarayonining yana bir muhim jihati – Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “O‘zsanoatqurilishbank”da “yashil bank” – “green bank” tamoyillarini joriy etishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda aytish joiz, Xalqaro moliya korporatsiyasi – moliya-bank sohasida yetakchi, nufuzli xalqaro konsalting kompaniyasi hisoblanadi. XMK moliyaviy injiniring va risklarni boshqarishga doir xizmatlarni ko‘rsatadi, sarmoyalar kiritadi, xususiy sektorni rivojlantirishga kapital hamda mavjud muammolarni hal qilishning innovatsion yechimlarini topish orqali ko‘maklashadi, amalga oshirilayotgan loyihalarga uchinchi shaxslardan investitsiyalar jalb qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech