14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Salomatlik
26 May  2020 517

Xorazm gʻalaba qozondi

Bugun yurtimizda 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Poytaxtimizda 15 nafar, Andijonda 2 nafar, Xorazmda 3 nafar, Namanganda 7 nafar hamda Samarqandda 2 nafar, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari 26 yoshli erkak, yana 1 nafari 45 yoshli ayol.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 1 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda.

Toshkentda shu paytga qadar 955 nafar bemor sogʻayib, ayni paytda davolanayotganlar 426 nafarni tashkil etmoqda.

Andijonda tuzalganlarning 2 nafari ham ayol (65 yoshli va 46 yoshli) boʻlib, Andijon shahridan.

Andijonda endilikda sogʻayganlar 169 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazmda bugun tuzalgan 3 nafar fuqaro bilan viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan jami 233 nafar bemorning barchasi sogʻaydi. Xorazm koronavirusdan holi hududga aylandi.

Namanganda shifo topganlarning 5 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 75 yoshli onaxon boʻlsa, yoshi kichigi 17 yoshda.

Namanganda ayni paytga qadar 247 nafar bemor sogʻayib, davolanayotganlar 3 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu viloyat ham koronavirusdan holi hudud boʻlishga yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlar 30 yoshli va 24 yoshli erkak boʻlib, endilikda Samarqandda sogʻayganlar 249 nafarga yetib, davolanayotganlar 89 nafarni tashkil etadi.

Shunday qilib, bugun 29 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 636 nafarni tashkil etadi deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech