10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Ijtimoiy hayot
7 Avgust  2019 896

Xorazm viloyatining eng chekka hududlaridagi muammolar o‘rganildi

Xorazm viloyati xokimi F.Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi M.Ishbekov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdiqilichov va viloyatning boshqa mutasaddilari ishtirokida Hazorasptumanining “Nukus”, “Sarimoy”, “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalariga tashrif buyurib, sayyor qabullar o‘tkazdi. 

Ushbu mahallalar viloyatning eng chekka hududlari hisoblanadi. Misol uchun, viloyat markazidan “Nukus” mahallasigacha bo‘lgan masofa 155 km, “Sarimoy” mahallasigacha bo‘lgan masofa 165 km, “Gurlan” mahallasigacha bo‘lgan masofa 185 km, “Hazorasp” mahallasigacha bo‘lgan masofa 190 km,, “Xiva” mahallasigacha bo‘lgan masofa 195 km,  va “Xonqa” mahallasigacha bo‘lgan masofa jami 205 km.ni tashkil qiladi.

Sayyor qabulga tashrif buyurganlar bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mazkur hududda yashayotgan aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

Jumladan, aholi muammolari bilan tanishish jarayonida Urganch-Toshkent avtomobil yo‘lidan “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalariga olib boruvchi 1980 yillarda asfalt qilingan 30 km yo‘l yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlanib, mazkur yo‘lning 22 km.ni mukammal ta'mirlash rejalashtirilib, hozirgi kunda shag‘al yotqizish ishlari boshlab yuborilgan.

Shuningdek, “Nukus”, “Sarimoy”, “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalaridagi ijtimoiy ob'ektlar, ichimlik suvi muammosi va aholini qiynab kelayotgan boshqa muammolar ham o‘rganilgan.

“Sarimoy” MFYda joylashgan 11-sonli o‘rta maktabda o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam masalalarida aholini  ko‘rikdan o‘tkazish, hududga UZI apparati o‘rnatish, maktab o‘quvchilarining uzoq masofadan qatnab kelayotganliklari yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

Xususan, mazkur qabul davomida fuqaro Jumaniyazova Xadicha davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam masalalarida murojaat qildi. Ushbu murojaat yuzasidan viloyat xokimi tomonidan murojaat muallifining o‘g‘li Ulliboev Sardorni mazkur hududda  jamoatchilik ishlariga bosh qilib qo‘yish bo‘yicha viloyat hamda tuman aholini bandlikka ko‘maklashish markazi rahbarlariga topshiriq berilgan holda S.Ulliboevni ishga joylashtirish masalasi joyida hal qilindi. Shuningdek, X.Jumaniyazovani salomatligini tiklash maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariga uni viloyat tibbiyot birlashmalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish topshirildi.

Bundan tashqari Arazdurdiev Allamurodning murojaati yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Q.Tangriberdievga aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha  mazkur hududga tibbiy ko‘rik mashinasi yuborishni va tuman xokimiga shifokorlarni vaqtinchalik uy-joy bilan ta'minlash topshirildi.

Sayyor  qabullarda jami 52 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 11 tasi joyida ijobiy hal qilingan, 41 ta murojaatni hal qilish uchun viloyat va tuman tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olindi.

Yuqorida ko‘rsatilgan aniqlangan muammolar bajarilishi yuzasidan tegishli “yo‘l xarita” lar ishlab chiqilib, tumanidagi “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalari 2020-yilda “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilishi rejalashtirildi va chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech