21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,6 °C

Xavfsizlik
2 Iyul  2019 674

Xorazmda 1,4 kilogramm kumushni chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan qimmatbaho metallarni bojxona chegaralaridan yashirincha olib o‘tishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi vakillari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari  bilan hamkorlikda “Shovot” chegara bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazishdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbir davomida fuqaro X.M.ning sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, sumka ichidan 24,3 million so‘mlik umumiy og‘irligi 1354,7 gramm bo‘lgan 339 dona kumush taqinchoqlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur bojxona posti orqali mamlakatimizga piyoda kirib kelgan fuqaro E.Sh.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, uning kiyimlari orasiga xufiyona tarzda yashirilgan, umumiy og‘irligi 66,2 gramm kumush taqinchoqlar borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech