23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Mamlakatimizda
29 Aprel  2019 924

Xorazmdagi o‘qituvchilarni issiqxona o‘rnatishga majburlangani o‘z tasdig‘ini topmadi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xiva tumanidagi 15-sonli umumta'lim maktabi o‘qituvchilariga tuman hokimligi bosimi ostida maktab direktori tomonidan issiqxonalarni majburiy tarzda o‘rnatilayotganligi haqidagi ma'lumot o‘rganib chiqildi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi.

O‘rganish natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktab pedagog xodimlari va ishchilari orasida mamlakatimizda tomorqalardan samarali foydalanish va banklarning imtiyozli kreditlaridan foydalangan holda uyda parranda, tovuq, quyon boqish, issiqxonalar qurishning afzalliklari haqida ma'lumot berilgan.

15-sonli umumta'lim maktabi xodimlari bilan suhbatda ularni hyech kim majburiy tarzda issiqxona sotib olishga undamaganligi aniqlandi.

Maktab direktoriga mazkur masala bo‘yicha xorijlik jurnalistlar qo‘ng‘iroq qilgan va majburiy issiqxona o‘rnatish holati yo‘qligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jamiyatda o‘qituvchi mavqyeini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalardan biri o‘qituvchilarni majburiy obuna va mehnatga jalb etishni to‘xtatishdir.

Xalq ta'limi vazirligi tizimda faoliyat yurituvchi xodimlarni turli majburiy tadbirlarga jalb etilganda http://ustozovozi.uzedu.uz/ tizimi orqali vazirlikka yoki mahalliy prokuratura organlariga murojaat qilishlarini so‘raydi, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech