13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Harbiy
30 Iyul  2019 800

“Kattaqo‘rg‘on” poligonida xorij artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli O‘zbekistondagi birinchi raqamli “Kattaqo‘rg‘on” poligonida Xitoy Xalq Respublikasi bilan tinchlik yo‘lidagi xalqaro harbiy hamkorlik doirasida xarid qilingan artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.

Mudofaa vazirligi va Markaziy harbiy okrug rahbariyati hamda artilleriya bo‘linmalari tomonidan 122 mm va 152 mmli “PL66-1” markali tasnifiga ko‘ra, oskolkali fugasli snaryad qo‘llanilgan. D-20 va D-30 artilleriya qurollaridan 20 donadan otilgan snaryadning kelgusida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibidagi artilleriya bo‘linmalari qurollari uchun o‘q-dori sifatida qo‘llash samaradorligi tekshirildi.

Birinchi marotaba Mudofaa vazirining tashabbusi bilan “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilayotgan 12 ta mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqaning 7 ta yo‘nalishi aynan artilleriya bo‘linmalariga tegishli. Hozir kunda artilleriya bo‘linmalarini yangi turdagi qurol-aslaha va o‘q-dorilar bilan ta'minlash choralari ko‘rilyapti.

Shuningdek, artilleriya mutaxasisligi bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda ustoz-shogird an'analari joriy qilinib, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmani oshirishda har bir dala o‘quv maydonida namunali “Eng ilg‘or artilleriya mutaxassisi yo‘lagi” barpo etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech