06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Turizm
30 Noyabr  2019 382

Xorijda milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari tashkil etiladi

“Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Qarorga muvofiq, respublika hududlari hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtiriladi va ularga hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotish uchun ko‘maklashish maqsadida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari biriktiriladi.

Respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari joylashgan va boshqa yirik shaharlarda “savdo uylari” va milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, shuningdek:

- “Xalq amaliy san'ati ustalarining milliy katalogi” joriy etiladi;

- “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri” yuritiladi;

- Xalq amaliy san'ati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tanlash bo‘yicha kengash tuziladi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab:

- 2023-yil 1-yanvarga qadar Milliy katalog va Reestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq to‘lov stavkasi 2 foiz miqdorida to‘lanadi;

- hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tishda to‘lanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida o‘rnatiladi;

- Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.

Qaror bilan Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech