15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,8 °C

Xavfsizlik
5 Avgust  2019 666

Xorijga ishga ketish 5 ming dollarmi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «R.W.» xususiy bandlik agentligi xodimi N.S. fuqarolardan pora olayotgan vaqтda qo‘lga olindi, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Gap shundaki, agentlik xodimi fuqaro U.J.ning 4 nafar tanishlarini yuqori tashkilotlar xodimlari bilan gaplashib, Yaponiya davlatiga ishga yuborish uchun imtihonlardan o‘tkazganligini vaj qilib, har bir fuqaro uchun 5.000 AQSh dollaridan jami 20.000 AQSh dollari berishini talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech