19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Ijtimoiy hayot
19 Sentyabr  2019 657

Xotin-qizlar qo‘mitasi Samarqanddagi to‘yda yuz bergan voqea bo‘yicha rasmiy axborot berdi

Shu haftaning avvalida ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida Samarqand viloyatida o‘tkazilgan to‘y marosimidan tarqalgan videolavhalar hamda suratlar aholi tomonidan keng muhokama qilindi. Tabiiyki, ushbu manzara hech kimga yoqqani yo‘q.

Deyarli barcha internet saytlarini aylanib chiqqan fotosuratda go‘yoki puldan libos kiygan ayol tasvirlangan bo‘lib, uning ushbu antiqa ko‘ylagi ijtimoiy tarmoqlarda ayollar qolib, erkaklarning ham diqqatini tortgani bor gap. Biroq...

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy rahbariyati ushbu vaziyatni joyiga borib o‘rgandi. Ma'lum bo‘lishicha, mazkur to‘y lo‘li millatiga mansub fuqarolarning nikoh to‘yi bo‘lib, ular to‘yonani bir tizimchaga pullarni terib, xuddiki gulchambar singari (pulchambar shaklida, albatta) bo‘yinga osib qo‘yish orqali taqdim qilisharkan. Rasmdagi “libos” esa aslo libos bo‘lmay, balki bo‘yinga ustma-ust osilganidan hosil bo‘lgan “pulchambar”lar uyumi ekan.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari o‘rganish jarayonida ushbu fuqarolar bilan suhbatlashib, O‘zbekiston so‘mi milliy valyutamiz ekanligi, u davlatimiz ramzi sifatida alohida muhofaza qilinishi hamda biz barcha millatlar qatorida lo‘lilarning ham urf-odatlarini hurmat qilsak-da, qonun barchaga barobar ekanligi xususida tushuntirishlar berildi, deyiladi qo‘mita axborotida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech