06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Mamlakatimizda
13 Sentyabr  2019 683

XTV: Maktablarni ta'mirlash va jihozlash hududiy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi

Mamlakatimizda ta'lim tizimidagi islohotlar aniq reja asosida olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xalq ta'limi tizimida qaysi tashkilot nimaga javobgarligini belgilab bergan, deya ma'lum qiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

“Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining uchinchi bandida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta'limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko‘maklashish, xususan:

  • tegishli hududda umumta'lim muassasalariga yordam ko‘rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan o‘qituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini yaxshilashga va oshirishga yordam berish;
  • xalq ta'limi muassasalariga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish;
  • nodavlat umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlariga berish uchun bo‘sh yer uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam bo‘lmagan) ro‘yxatini tasdiqlash va ulardan doimiy foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish;
  • xalq ta'limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yo‘llar va boshqalar) zarur holatda saqlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
  • xalq ta'limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta'minlash;
  • tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq ta'limi muassasalarini o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga o‘z vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;
  • umumta'lim muassasalarining xavfsizligini ta'minlash, shu jumladan hududlar atrofini o‘rash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yo‘llarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni o‘rnatish chora-tadbirlarini ko‘rish;
  • xalq ta'limi muassasalari hududining va ko‘chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta'minlash;
  • umumta'lim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga ko‘maklashish.
  • xalq ta'limi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish bo‘yicha boshqa choralar ko‘rilishini tashkil etish uchun shaxsan javob beradi.

Shu bilan birga, 2018-yildan boshlab, maktablarni jihozlash mahalliy hokimiyatlar mas'ulligi belgilangan.

"Obod qishloq” dasturi doirasidagi maktablarni qurish, ta'mirlash va jihozlash ishlari deyarli to‘liq mahalliy hokimiyatlar mablag‘i hisobiga amalga oshirilmoqda. Yillar davomida mahalliy byudjetdan qo‘shimcha pul ajratish imkoni bo‘lmaganiga ta'mirlanmagan maktablar ta'mirlanib, qo‘shimcha binolar qurilmoqda. Albatta, qaerdadir bu jarayonda vaqtidan kechroq ishga tushirish holati bo‘lishi mumkin. Buni muammoga aylantirish o‘rniga, o‘sha maktablarga yordam berish choralari ko‘rilishi kerak.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech