21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,3 °C

Mamlakatimizda
19 Oktyabr  2019 441

XTV: noqonuniy tekshiruvlar ishchi guruh vakolatiga kirmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar faoliyatini tekshirayotgan guruh haqidagi video tarqalgan edi. Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ushbu videoga munosabat bildirdi.

Prezidentimiz ta'lim tizimida belgilab bergan ustuvor vazifalar ijosini o‘rganish hamda o‘quvchilar o‘rtasida olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Respublika ishchi guruhlari hozirda viloyatlarda faoliyat yuritmoqda.

Mazkur video Toshkent viloyatida o‘z faoliyatini olib borayotgan ishchi guruh a'zolari ekanligi aniqlandi. Ishchi guruhning ba'zi “a'zolari” ularga qo‘yilgan vazifalar nima ekanligini tushunmaganga o‘xshaydi.

Prezidentimiz qo‘ygan vazifalarga ko‘ra, ishchi guruh joylarda maktabga borib,  ta'lim sifatini o‘rganishi hamda vaziyatni yaxshilash bo‘yicha ko‘mak berishi lozim.

Ishchi guruh vakillari yurtboshimiz topshirig‘iga ko‘ra maktablarga yordam berishi kerak. Aksincha, noqonuniy tekshiruvlar ularning vakolatiga kirmaydi. Ishchi guruh vakillari maktablardagi vaziyat va ta'lim sifatini oshirishga ko‘mak bera olmasa, hyech bo‘lmasa maktab xodimlariga xalaqit bermasliklarini so‘raymiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech