20 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Sport
6 Dekabr  2019 651

XTV va O‘FA maktab o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqalari o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi (XTV) va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) hamkorlikda mamlakatimizda futbolni rivojlantirish bo‘yicha maktab musobaqalarini o‘tkazadi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovni qabul qildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida futbolni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida Sherzod Shermatov va Ravshan Ermatov ikki tashkilot o‘rtasidagi bolalar futbolini rivojlantirish hamda ommalashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Xususan, tomonlar maktab o‘quvchilari o‘rtasida muntazam ravishda futbol musobaqalarini o‘tkazishni rejalashtirib oldi. Ravshan Ermatovning ta'kidlashicha, ushbu turnirlarga yangi iste'dodlarni izlayotgan seleksionerlar tashrif buyuradi. Iqtidorli bolalar ixtisoslashtirilgan futbol maktablariga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlik ushbu yo‘nalishda O‘FA bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta'kidladi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarning adolatli tanlanishini ta'minlash zarurligi va bu mamlakatimizda futbol rivojiga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Keyingi haftadan boshlab, O‘FA Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston mintaqalarida futbol festivallari o‘tkazishni boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech