03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Salomatlik
26 Mart  2020 523

Xususiy tibbiyot tashkilotlari ham chetda turmaydi

2020-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-4649-sonli «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 202-yil 1-sentyabrga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga ko‘ra amalga oshiriladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) o‘tkazmasdan aniqlanadi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech