25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Ijtimoiy hayot
2 Aprel  2020 1095

Yagona muvofiqlashtiruvchi markaz ish boshladi

Bugun poytaxtimizdagi 514 ta mahallalar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar bo‘yicha berilgan ro‘yxat asosida 100ga yaqin ko‘ngillilar 1 996 nafar hamshaharlarimizga kundalik eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat (tovuq go‘shti, un, guruch, kartoshka, piyoz, shakar, yog‘, makaron) mahsulotlarini yetkazib berdilar.

Oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon mahsulotlariga ehtiyoj sezib, ularni xarid qilishga qiynalayotgan yolg‘iz keksalar va kam ta'minlangan oilalar markazga 1197 telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘z murojaatlarini ma'lum qilishlari mumkin.

Markaz hukumat, hokimlik va homiylar mablag‘lari hamda ko‘magi asosida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlantirib boradi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech