17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Xavfsizlik
4 Sentyabr  2019 359

Yakkabog‘dagi voqea bo‘yicha Bosh prokuratura axboroti

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan B.Isamovga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga, 20.07.2019-yilda B.Isamov Yakkabog‘ tumanidagi “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘oni ko‘chalarida obodonlashtirish va qurilish ishlari jarayonida tuman hokimining o‘rinbosari M.Tuymaevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib  yuborib, o‘ldirishga suiqasd qilganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asos bo‘lgan.

B.Isamov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g,l” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan.

Tergov davomida o‘tkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamovga nisbatan e'lon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, tergov davomida Yakkabog‘ tumani xokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192[1]-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilingan hamda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi 30.08.2019-yilda ayblov xulosasi bilan JIB Yakkabog‘ tumani sudiga yuborildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech