25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,1 °C

Salomatlik
2 Aprel  2020 618

Yana 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar navbatma-navbat darddan forig‘ bo‘layotgani barchamizni quvontirmoqda.

Jumladan, bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay tuzalishdi. Ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sog‘ayib chiqishdi.

Koronavirus infeksiyasi xastaligidan tuzalgan fuqarolarimizning 1 nafari joriy yil 13-mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reysda, yana 1 nafari esa shu yil 18-mart kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan mamlakatimizga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lishgan. Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 25 nafarga yetdi.

Tabiiyki, ushbu quvonchli voqyea zamirida fidoyi va malakali tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech