25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Salomatlik
21 May  2020 240

Yana 35 bemor sogʻaydi

Toshkent shahrida 35 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar soni 2407 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 31 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻayib,reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 24 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 76 yoshli otaxon boʻlsa, eng yoshi kichigi 2019-yil tugʻilgan bola.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 3 nafari erkak, 1 nafar ayol boʻlib, ulardan eng yoshi kattasi 48 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 30 yoshda.

Toshkent shahrida sogʻayganlar soni endilikda 848 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 407 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech