06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Mamlakatimizda
1 Fevral  2019 2296

Yana asossiz qarzdorlik, yana elektr ta’minotidan

 Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatiga Kichik Qashqar qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.Qoraboev yozma shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Uning murojaatida yozilishicha, fuqaroga tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik yozilgan.

Mazkur murojaat tuman elektr tarmoqlari korxonasi va jamiyat mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, Q.Qorabev o‘z xonadonidagi eski rusumdagi elektr hisoblagichni almashtirish maqsadida elektr tarmoqlari korxonasiga ariza bilan murojaat qilgan va hisoblagich tarmoqdan yechilib, o‘rniga yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berilgan. Biroq yangi hisoblagich ma’lumotlari korxonaning kompyuter bazasida ko‘rinmay qolgan, yoki kiritilmagan.

Bu holat mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqaro Q.Qoraboevga yozilgan 9316 kVt yoki 2 129 637 so‘m qarzdorlikning oldi olindi va yangi elektr hisoblagich korxonaning kompyuter dasturiga kiritildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech